Turkiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga telefon suhbati orqali hamdardlik bildirdi
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an yo‘lovchi avtobusining yonib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevga telefon orqali suhbatda hamdardlik bildirdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bergan.
"Aqto‘be shahridan 320 km uzoqlikdagi masofada yuz bergan mudhish voqeada 52 nafar o‘zbekistonlikning vafot etganidan qattiq qayg‘uga botdik. Turkiya xalqi nomidan va shaxsan o‘zimning nomimdan halok bo‘lganlarning oila a'zolari hamda yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘rayman", deyiladi xabar matnida.
Bungacha, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Tvitterdagi akkaunti orqali ta'sirli so‘zlarni bitib, O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus Rossiyaning qaysi shahriga ketayotgan bo‘lgani aytilgandi.
Mavzuga oid
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024