Qozog‘iston IIV avtobus fojiasini baxtsiz hodisa sifatida baholamoqda
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani taxmin qilinayotgan avtobusning yonib ketishi baxtsiz hodisa bo‘lgan. Bu haqda RIA «Novosti» respublika ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Yerlan Turgumbayevning bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.
«Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, u yerda yo‘l-transport hodisasi ro‘y bermagan. Shu bilan birga, biz qandaydir jinoiy holatlarni ko‘rayotganimiz yo‘q, aftidan, baxtsiz hodisa yuz bergan. Bu omon qolganlarning ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanmoqda, ularning bari yong‘in avtomashina salonida boshlanganini iddao etishmoqda», - deya aytib o‘tdi u.
Turgumbayev yong‘inga nima sabab bo‘lgani bugun, 19 yanvar kuni aniqlanishiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aqto‘beda halok bo‘lganlardan 30 nafarining shaxsi aniqlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:17
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
16:55
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024