Sport | 23:10 / 21.01.2018
7701
2 daqiqa o‘qiladi

«Tottenhem» ochko yo‘qotdi

Foto: Premer liga

«Sauthempton» va «Tottenhem Hotspur» APLning 24-turida uchrashdi. Sauthemptondagi «Sent-Meri» stadionida kechgan uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi - 1:1. «Avliyolar» turnirda qatorasiga 11-uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi.

O‘yinning 15-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Davinson Sanches to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. 3 daqiqa o‘tib Harri Keyn muvozanatni tikladi.

Endilikda «Tottenhem Hotspur» 45 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda joylashgan, «Sauthempton», 22 ochkosi bilan 18-pog‘onada qolmoqda.

Angliya chempionati
24-tur

Sauthempton – Tottenhem 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 15, avtogol Sanches, 1:1 – 18 Keyn.
Sauthempton – Makkarti, Bertran, Xudt, Stivens, Soaresh, Uord-Prouz, Tadich, Xeyberg (Bufal, 65), Romeu, Lemina (Devis, 80), Gabbyadini (Obafemi, 82).
Tottenhem – Vorm, Sanches, Devis, Ore (Tripper, 72), Vertongen, Alli, Dayyer, Dembele (Vanyama, 85), Sissoko, Keyn, Son Xyn Min (Lamela, 70).
Ogohlantirishlar: Stivens (48), Sissoko (57), Romeu (60), Dembele (75), Tripper (78).

Mavzuga oid