O‘zbekistondagi strategik ahamiyatga ega korxonalar uchun xaridlarning alohida tartibi o‘rnatilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3487 sonli qarori qabul qilindi.
Qaror strategik ahamiyatga ega joriy ishlab chiqarish faoliyatini uzluksiz amalga oshirishni ta'minlash, shuningdek, ularning eksport salohiyatini kengaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, tovarlar (ish va xizmatlar) xaridining alohida tartibi o‘rnatilayotgan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarining ro‘yxati keltirilgan.
Ular quyidagilardir:
1. «Navoiy KMK» DK;
2. «Olmaliq KMK» AJ;
3. «O‘zbekneftgaz» AJ;
4. «O‘zbekenergo» AJ;
5. «O‘zbekgidroenergo» AJ;
6. «O‘zbekkimyosanoat» AJ;
7. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ;
8. «O‘zbekko‘mir» AJ;
9. «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK;
10. «O‘zbektelekom» AK;
11. «Milliy energiya tejovchi kompaniya» AJ;
12. «O‘zavtosanoat» AJ.
Ushbu korxonalar tomonidan 50 ming AQSh dollari ekvivalentidan ziyod tovarlar (ish va xizmatlar) xarid qilish uchun texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyihaviy boshqaruv Milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizalash Markazining majburiy ma'qullovini olishi shart qilib belgilanmoqda.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
15:53 / 14.10.2024