Fan-texnika | 19:32 / 26.01.2018
9120
1 daqiqa o‘qiladi

Nissan avtopilotga ega o‘ziyurar shippaklar ixtiro qildi (video)

Foto: screenshot

Yaponiyaning Nissan avtomobilsozlik kompaniyasi boshqa poyabzallar yoniga mustaqil ravishda kelib joylashadigan, mehmonxonalar uchun mo‘ljallangan shippak yaratdi. ProPilot Park Ryokan deb atalgan bu shippakning videotaqdimoti kompaniyaning YouTube-kanalida joylashtirildi.   

Rolikda mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar shippaklarni o‘zlariga qulay joyda qoldirishayotgani, shippak esa mustaqil ravishda qolgan shippaklar turgan joy tomon harakatlanib, ular yoniga “parkovka” qilayotganini ko‘rish mumkin. Shippaklarni yo‘lakning devoriga o‘rnatilgan tugma harakatlantiradi.

Videoda ko‘rsatilgan parkovka texnologiyasi avtomobillarning mustaqil parkovka qilish texnologiyasiga to‘liq mos keladi. Rolikka berilgan izohda xuddi shunday texnologiya bilan yostiqlar va mebelni jihozlash rejalashtirilayotgani aytilgan.

 

Mavzuga oid