Hakam azonni eshitgach, futbol o‘yinini to‘xtatib turdi
Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi futbol o‘yinlarida hakamlik qilayotgan angliyalik Mark Klattenburg azonni eshitgan zahoti ibodat uchun o‘yinni to‘xtatdi. Bu haqda Daily Mail nashriga asoslanib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qirol kubogi uchun o‘tkazilayotgan "Al-Feyx" va "Al-Fotih" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv paytida yaqin oradagi masjidlardan azon ovozi eshitilib qoladi. Bu paytda o‘yinning qo‘shimcha daqiqalari o‘tib borayotgan edi.
Angliyalik hakam hushtak chalib o‘yinni to‘xtatdi va saudiyaliklar uning bu qarorini gulduros qarsaklar bilan olqishlashdi.
"Al Feyx" yakunda 118-daqiqada urilgan gol evaziga 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
42 yashar Mark Klattenburg avvallari Yevro-2016 va Chempionlar ligasi-2015/16 finallarida hakamlik qilgan. Angliya Premer ligasida 2004 yildan to o‘tgan yilning fevral oyiga qadar hakamlik qilib kelgan. O‘tgan yilning oxiridan boshlab Saudiya Arabistoni hakamlar qo‘mitasini boshqarib kelmoqda. Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, u bu yerda yiliga 1 mln. yevro ishlab topadi. Xuddi shunday miqdordagi maoshni unga Xitoydan ham taklif qilishgan edi, ammo u Saudiya Arabistonini ma'qul ko‘rdi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024