Sport | 20:30 / 28.01.2018
9601
1 daqiqa o‘qiladi

Simona Halep Australian Open finalidan keyin shifoxonaga olib ketildi

Dunyoning birinchi raqamli ayol tennischisi Simona Halep Avstraliya ochiq chempionati – Australian Open finalidan keyin shifoxonaga tushdi.

Ruminiyalik tennischi shifoxonaga “suvsizlanish va holdan toyish” tashxisi bilan yetkazilgan.  

ESPN telekanali Simona shifoxona koykasida tomizg‘ich (kapelnitsa) ostida yotgani kadrlarini namoyish qilgan. Telekanal insayderlarining aytishicha, Xalep tomizg‘ich ostida 4 soat bo‘lgan. 

Birinchi raqamli ayol tennischi Avstraliyadagi musobaqada 3 ta uzoq davom etgan uchrashuv o‘tkazgan. Uning 3-davrada Loren Devis bilan uchrashuvi 3 soat 44 daqiqa, yarimfinalda Anjyelik Kerberga qarshi uchrashuvi 2 soat 20 daqiqa va finalda Karolin Voznyatski bilan uchrashuvi 2 soat 51 daqiqa davom etgan. Simona raqibiga imkoniyatni boy bergan final uchrashuvi o‘tgan vaqtda Melburnda havo harorati 39 daraja issiqqa yetgan.

Foto: Sun Sport

Ta'kidlanishicha, Xalep 28 yanvar kuni ertalab shifoxonadan chiqqan. 

Mavzuga oid