Jahon | 08:01 / 30.01.2018
13614
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida xorijliklarga do‘konlarda ishlash taqiqlanmoqchi

Foto: AP Photo / Khalid Mohammed

Saudiya Arabistoni mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi joriy yilning sentabr oyidan ishga faqat Saudiya Arabistoni fuqarolari olinadigan do‘konlar ro‘yxatini e'lon qildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi vazirlik vakili Xolid al-Xayilga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi. 

“Faqatgina saudiyalik fuqarolar ishlay oladigan do‘konlar ro‘yxati 12 ta turli savdo korxonalari, jumladan soat, ko‘zoynak, tibbiy qurilmalar, qurilish materiallari, kiyim-kechak, avtomobil salonlari va ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi do‘konlarni o‘z ichiga olgan”, deb aytgan vazirlik vakili.

Vazir, shuningdek, do‘konlarga ishga ayollar ham qabul qilinishini tasdiqlagan. 

Avvalroq Ummon sultonligi ham o‘z fuqarolari bandligi darajasini oshirish maqsadida 10 ta turli sohada xorijliklarni ishga yollashga taqiqlov kiritgandi.  

Mavzuga oid