Fan-texnika | 15:17 / 31.01.2018
25595
1 daqiqa o‘qiladi

Beeline O‘zbekiston 1 fevraldan abonent to‘lovini oshirmaydi

Foto: Beeline

Beeline O‘zbekiston o‘z abonentlari uchun abonent to‘lovi narxini oshirishni to‘xtatib turishga qaror qildi.

Kompaniya o‘z tarif rejalarida abonent to‘lovini 2013 yildan beri oshirmagan edi. Bundan sal avval Beeline saytida har bir raqam uchun abonent to‘lovi ikki barobarga oshirilgani, shu bois kompaniya o‘zining qator tarif rejalarida abonent to‘lovi uchun narxlarni oshirishga majburligi yozilgan edi.

Kecha kompaniya xabar berishicha, O‘zbekistonning barcha hududlarida davom etayotgan tarmoq kengayishining navbatdagi bosqichi tugaguniga qadar abonent to‘lovi uchun narxlar o‘zgartirilmaydi.

Kompaniyadagi KUN.UZ nashrining manbasi xabar berishicha, bu «O‘zbektelekom» AK tomonidan uyali aloqa kompaniyalari va internet-provayderlari uchun tashqi kanalni kengaytirish muddatlari bilan bog‘liq.

Mavzuga oid