O‘zbekiston | 12:40 / 31.01.2018
210818
1 daqiqa o‘qiladi

Ixtiyor Abdullayev MXXning yangi raisi, uning o‘rniga yangi bosh prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev o‘z arizasiga binoan iste'foga chiqqan Rustam Inoyatov o‘rniga Milliy xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. 

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, prezident ishtirokida o‘tkazilgan MXX hamda prokuratura organlari xodimlari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishda Ixtiyor Abdullayev o‘rniga prezidentning davlat maslahatchisi Otabek Bahriddinovich Murodov respublikaning yangi Bosh prokurori etib tayinlandi.

Foto: Otabek Muradov

Ixtiyor Abdullayev 1966 yilning 22 mayida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. U Perm davlat universitetini tamomlagan. Turli yillarda adliya sohasidagi turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan Ixtiyor Abdullayev 2006 yildan prezident maslahatchisi lavozimida ishlagan, 2010 yildan buyon Oliy Majlis senatori. 2015 yilning 21 aprelida Ixtiyor Abdullayev Rashid Qodirov o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid