O‘zbekiston | 18:51 / 03.02.2018
45672
2 daqiqa o‘qiladi

Oylik ish haqining bir kuni shanbaliklarga ushlanib qolinishi to‘g‘rimi? 

Foto: KUN.UZ

Mehnat haqidan ushlab qolish xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berildi.

Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat'i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun; 
hisobidan xodim ta'til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, — ta'tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun; 
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;
intizomiy jazo sifatida qo‘llanilgan jarimani undirish uchun.

Yuqoridagi holatda oylik ish haqidan ushlab qolinishi uchun yozma rozilik talab etiladi.

Mavzuga oid