Jahon | 19:53 / 05.02.2018
25688
2 daqiqa o‘qiladi

Aktrisa Uma Turman film suratga olish vaqtida avariyaga uchragani videosi e'lon qilindi 

Foto: AP Photo / Gerald Herbert

The New York Times nashri “Billni o‘ldirish” filmini suratga olish vaqtida bosh qahramon rolini ijro etgan aktrisa Uma Turman uchragan avtofalokat videosini namoyish qildi. Nashrning ta'kidlashicha, aktrisa filmning prodyuserlari bilan 15 yillik sudlashuvdan keyin ushbu avariya videosini qo‘lga kiritdi. Prodyuserlar shuncha vaqt videoni berishdan bosh tortib kelishgan.

Turmanning ta'kidlashicha, u ushbu sahnaning suratga olinishi vaqtida kabrioletning ruliga o‘tirishni uzoq vaqt istamagan va kaskadyor xizmatidan foydalanishni talab qilgan. Biroq film rejissyori Kventin Tarantino aktrisani mashina yaxshi texnik holatdaligiga, sahnada bosib o‘tiladigan yo‘l to‘g‘ri ekanligi va xavf tug‘dirmasligiga ishontirib, Turmanni ushbu sahnani o‘zi ijro etishga ko‘ndira olgan.

Tarantinoning g‘oyasiga ko‘ra, aktrisa 65 km/soat tezlikkacha tezlashishi, mashina orqasida o‘rnatilgan kamera esa aktrisaning shamolda o‘ynayotgan sochlarini muhrlashi kerak bo‘lgan. 

Biroq yo‘l rejissyor aytganchalik, to‘g‘ri bo‘lmagan va qum qoplamaga ega bo‘lgan. Turman katta tezlikka erishgach, mashina boshqaruvini qo‘ldan chiqarib, oxir-oqibat daraxtga borib urilgan. 

Mavzuga oid