Fan-texnika | 09:00 / 08.02.2018
8798
2 daqiqa o‘qiladi

Falcon Heavy parvozining jonli namoyishi YouTube’da ommaviylik bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi

Foto: Space X

6 fevralda SpaceX kompaniyasi o‘ta og‘ir raketa-tashuvchi Falcon Heavy’ning ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Raketa koinotga kompaniya rahbari Ilon Maskka tegishli Tesla Roadster elektromobilini yetkazdi. Kompaniya, shuningdek, Yerga raketa birinchi pog‘onasining uchta tezlashtirgichidan ikkitasini beshikast qaytara olgan. 

Raketaning ilk parvozi jonli namoyishi SpaceX’ning YouTube-kanalida olib borilgan. The Verge nashrining yozishicha, bu efir YouTube tarixida ommaviylik bo‘yicha ikkinchi raqamlisi bo‘ldi: parvoz ortidan 2,3 mln kishi kuzatgan. Bu borada eng yaxshi natija 2012 yil oktabrida avstraliyalik sportchi Feliks Baumgartnerning stratosferadan parashyutda sakrashi namoyishiga tegishli. O‘shanda bu sakrashni 8 mln kishi kuzatgan.

Falcon Heavy raketasi Falcon 9 negizida yaratilgan. Raketa Yer atrofidagi orbitaga 64 tonna, Marsga esa 16,8 tonna yuk yetkazishi mumkin. 

Ayni vaqtda SpaceX kompaniyasi BFR (Big Falcon Rocket) raketasi ustida ish olib bormoqda. Bu raketa Falcon 9 va Falcon Heavy o‘rniga kelishi kerak. BFR’ning ilk parvozi 2022 yilga belgilangan. Raketani Marsda mustamlaka yaratish loyihasi va sayyoralararo parvozlarda qo‘llash mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid