O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi qo‘shma korxonalar ochish uchun salohiyatga ega - Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi qo‘shma korxonalar ochish uchun salohiyatga ega. 8 fevral kuni Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artem Novikov O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashuv davomida shu haqda aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun ikki davlat ishbilarmon doiralari bilan muntazam ravishda idoralararo uchrashuvlar o‘tkazish kerak.
«Bizning vazifamiz shundan iboratki, biznes bizning qo‘shma bozorlarimizdagi ishida erkinlik sezishi kerak. Umid qilamizki, o‘zbekistonlik hamkasblar o‘z hududlarida Qirg‘iziston biznesining manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz ham o‘zbek sarmoyadorlari va tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlaymiz», - dedi u.
A.Novikovning qo‘shimcha qilishicha, mintaqaviy va chegaraoldi hamkorlik doirasida katta salohiyatlar mavjud.
«Prezident Sooronbay Jeenbekov 2018 yilni mintaqalarni rivojlantirish yili deb e'lon qildi. Shu munosabat bilan, chegaraoldi savdosi salohiyatini oshirish va shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan sa'y-harakatlar kuchaytirilmoqda», - dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi ishchi guruhining Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024