Light | 23:27 / 10.02.2018
76792
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Noodatiy maskanlarda o‘qilgan namozlar

Foto: asemoni.com

Namoz o‘qish Islom arkonlaridan biridir. U har bir mo‘min-musulmon uchun farz qilingan amal bo‘lib, kishiga ruhiy orom va qalb xotirjamligi bag‘ishlaydi, Yaratganning roziligini topishda vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Alloh taolo Bayyina surasining 5-oyatida shunday marhamat qiladi: “Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo‘lmaslikka, namozni to‘liq o‘qishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu to‘g‘ri millatning dinidir”, deyilgan.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Islom besh narsaga bino qilingan: “Laa ilaaha illallohu, Muhammadur Rasululloh”, deb shahodat keltirish, namozni to‘kis ado etish, zakot berish, haj qilish va Ramazon ro‘zasini tutish”, dedilar”. Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan.

Ammo gohida shunday holatlar bo‘lib qoladiki, ibodat vaqti kirgach, inson turli joylarda va vaziyatlarda bo‘ladi. Azon.uz tomonidan taqdim etilgan fotojamlanmada ana shunday holatlarda ibodatni o‘tkazib yubormaslikka uringan musulmonlar surati joy olgan.

 

Mavzuga oid