O‘zbekiston | 16:45 / 11.02.2018
7968
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishdi

Foto: mfa.uz

Eron poytaxti Tehronda hozir bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamkasbi — Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi. Bu haqida TIV rasmiy sayti xabar qilmoqda.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama etishdi.

Vazirlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda O‘zbekiston-Eron munosabatlarining mustahkamlanishi va kengaytirilishi har ikki tomon uchun ham qiziq ekanligini tasdiqlashdi.

Minatqaviy muammolar borasida fikrlar almashinish asnosida Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e'tibor qaratildi, jumladan, Toshkentda o‘tkaziluvchi Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy hamjihatlik» xalqaro konferensiyasi tilga olib o‘tildi.

Uchrashuvda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik masalalari ham muhokama etildi.

Mavzuga oid