Bolaning nobud bo‘lishiga asosiy sabab qarindoshlar o‘rtasidagi nikohmi? (videointervyu)
Xabaringiz bor KUN.UZ tahririyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda yangi – “Sog‘lom hayot” loyihasini boshlagan. Unda inson salomatligi, sog‘lom turmush tarzi va shu sohaga doir muhim ma'lumotlar taqdim etib kelinmoqda. Bu galgi ko‘rsatuvimiz mazmuni erta turmush, irsiy kasalliklar sababi va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh alomatlari haqida boradi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, tibbiy genetika kafedrasi assistenti, oliy toifali shifokor Muhammadjon Bosimov bilan ayni mavzuda suhbat olib borildi.
YouTube
Tas-IX
- Oilada irsiy va tug‘ma kasalliklarning oldini olish uchun Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan skrining markazi tashkil qilingan. Bu markazni tashkil etishdan maqsad – O‘zbekistonda bolalikdan nogironlikning oldini olish. Skrining markazi ikki yo‘nalishda ish olib boradi. Birinchisi prenatal skrining bo‘lib bu homila rivojini tekshirsa, ikkinchisi neonatal skrining – chaqaloqlarda ko‘p uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash.
O‘zbekistonda hozirgi kunda ikkita kasallik ommaviy ravishda skrining qilinadi: bular keng tarqalgan tug‘ma gepotireoz kasalligi, ikkinchisi fenilketonuriya kasalligidir. Ushbu kasallik bilan bola tug‘ilganida uning belgilari namoyon bo‘lmaydi. Bu kasalliklar bola tug‘ilganining uchinchi-to‘rtinchi kunida tomchi usulida qon olinib, ommaviy tekshirish bilan aniqlanadi.
Bu kasalliklarni xalqchil tilda tushuntiradigan bo‘lsam, tug‘ma gepotireozni buqoq deyishadi. Bunda qalqonsimon bezda yod taqchilligi kuzatiladi. Bunda bolada ortiqcha vazn ortadi, ikkinchisi bola aqliy rivojlanishda orqada qoladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu bolaning nogironligiga sabab bo‘ladi. Fenilketonuriya kasalligi esa bola sog‘lom tug‘iladi, kasallik belgilari ikki-uch oydan keyin paydo bo‘la boshlaydi. Uning birinchi belgisi bola o‘rgangan narsalarini unuta boshlaydi. Bundan tashqari, bolaning badanidan o‘ziga xos hid keladi. Eng xavflisi shundan iboratki, bola miyasining rivojlanishi orqada qolishni boshlaydi. Oddiy aytadigan bo‘lsak, chuqur aqliy zaiflikka olib keladi.
Bunday holatlar bolada kuzatilsa, biz uni ikki oy muddat ichida davolab, maxsus usullarda parvarish qilamiz. Bunga, asosan, parhez taomlar kiradi. Bu maxsus taomlar davlat tomonidan yetkazib beriladi. Aynan fenilketonuriya kasalligi uchun. Mana shu taomlar yordamida bolani sog‘lom hayotga qaytarish mumkin, - deydi M.Bosimov.
Shifokor qarindoshlar o‘rtasida uchraydigan nikohga to‘xtalib o‘tar ekan shunday fikrlarni bildirdi.
- Hozirgi kunda insonda 35 mingta gen aniqlangan. Shulardan 7 mingtasi kasallik genlari hisoblanadi. Bu kasallik genlarining barchasi insonda uchramaydi, bitta yoki ikkitasi uchraydi. Ana shundan kelib chiqib, biz ana shu genlarni bir necha avlod ko‘rinishida naslimizda berib boramiz. Genetika fanida inbrid nikohlar degan tushuncha bor. Bu qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga nisbatan aytiladi. Bundan 200-300 yillar muqaddam insoniyat ma'lum bir hududda yashagan, ma'lum bir transport bo‘lmaganligi uchun o‘z atrofidagilar bilan oila qurib, ko‘payishgan. Aynan qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh yuqorida nomini keltirib o‘tganim ikkita kasallikning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Chunki ularning ajdodi bitta odam. Undan tarqalgan bitta kasallik, o‘sha hududda tarqalib yuribdi, qarindoshlarda bor. Endi ular bir-biri bilan turmush qursa, o‘sha bitta uchragan kasallik ularning farzandlarida paydo bo‘laveradi.
M.Bosimovning ta'kidlashicha, irsiy kasalliklar boshqa somatik kasalliklarga qaraganda og‘ir kechadi. Doim nogironlikka yoki bolaning o‘limiga sabab bo‘ladi. Ba'zi irsiy kasalliklar bor-ki, ular bolada 3-4 yoshda paydo bo‘ladi, 14-15 yoshga borib bola hatto o‘rnidan ham tura olmay qoladi.
- Bu holatlarni odamlarga tushuntirsak, ular tushunishni istashmaydi, o‘zlarining nasllari toza ekanligini isbotlashga harakat qilishadi. Ammo bu narsalar mutaxassislar tomonidan aniqlanadigan holatlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:30 / 20.12.2024
«Sog‘lom oziq-ovqat» ta’rifi yangilandi - endi u nimani anglatadi?
21:59 / 18.12.2024
Dunyodagi birinchi Fertilo bola tug‘ildi
21:06 / 16.12.2024
Ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar pandemiya darajasiga yetdi – tadqiqot
15:14 / 13.12.2024