Jahon | 02:27 / 14.02.2018
76699
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston yo‘lida qolib ketgan 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi qutqarildi

Foto: 24.kz

Pavlodarlik politsiya xodimlari viloyat markaziga bir necha o‘n kilometr qolganda buzilib qolgan reysli avtobus yo‘lovchilariga yordam berdi. Bu haqda 24.kz xabar bermoqda. 

Avtobus salonida Rossiyaga yo‘l olgan 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Yo‘l-patrul politsiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, avtobusni Do‘stlik qishlog‘i yaqinida ko‘rib qolishgan. Barcha kerakli choralarni ko‘rgan politsiya xodimlari yo‘lovchilarni qishloqdagi maktabga olib borishgan. U yerda yo‘lovchilar isinib, ovqatlanishgan. O‘zbekiston fuqarolari yo‘lni boshqa avtobusda davom ettirishgan. Ular Rossiya Federatsiya chegarasiga yetkazilgan va u yerdan yo‘lovchilarni Rossiya avtobusi olib ketgan. 

Bunday holat yil boshidan buyon Pavlodarda uchinchi marotaba sodir bo‘lmoqda. Barcha holatlarda Qozog‘istondan tranzit bilan o‘tayotgan xorijlik fuqarolarga yordam berilgan. 

Mavzuga oid