O‘zbekiston | 15:05 / 19.02.2018
36959
2 daqiqa o‘qiladi

Shermatov innovatsion rivojlanish, Ahmedxo‘jayev esa ATKR vazirligiga rahbar bo‘lishi mumkin

Bugun hukumatning axborot texnologiyalari va innovatsiya sohasiga oid muhim o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi. 

Sherzod Hotamovich Shermatov
Foto: Xalqaro press klub

Bir yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Hotamovich Shermatov o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Isroilovich Ahmedxo‘jayev tayinlanishi kutilmoqda.

Azim Isroilovich Ahmedxo‘jayev
Foto: Xalqaro press klub

KUN.UZ manbasining xabariga ko‘ra, Sh.Shermatov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri vazifasiga tayinlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda innovatsion rivojlanish vazirligida Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov rahbarlik qilmoqda.

KUN.UZ tahririyati ushbu xabarlar yuzasida har ikkala vazirlik bilan bog‘langanida, ular bu ma'lumotni inkor ham etishmadi, tasdiqlay olishlarini ham bildirishmadi. Shunday o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoldan xoli emas, kutilmoqda deyishdi.

Mavzuga oid