Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida yirik o‘zgarishlar, raisning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PQ-3547-son qaroriga muvofiq Bekenov Sunnatilla O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining yig‘ma investitsiya dasturlari va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PQ-3548-son qaroriga muvofiq Shuhrat Vafoyev O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va unga O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajarish yuklatildi.
Prezident qaroriga muvofiq Laziz Qudratov Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
14:59 / 06.01.2025
O‘zbekiston 2025 yilda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtiryapti
17:00 / 28.12.2024
2024 yilda O‘zbekistonga investitsiyalar miqdori qariyb 50 foizga qisqardi - ESCAP
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
21:28 / 19.12.2024