Sport | 12:30 / 22.02.2018
12779
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi joriy mavsumining eng yaxshi darvozabonlari ma'lum bo‘ldi

Foto: AP

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea Chempionlar Ligasi nimchorakfinalidan o‘rin olgan «Sevilya»ga (0:0) qarshi o‘yinda 8ta seyvni amalga oshirdi.

InStat ma'lumotiga ko‘ra, ispaniyalik posbon musobaqaning joriy mavsumida, darvozasi tomon yo‘llangan 21ta zarbadan 20tasini qaytarishga muvaffaq bo‘lgan va bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega - 95,2%. U o‘z darvozasidan faqat bir marta to‘p olib chiqqan xolos.

Zarbalarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi yaxshi ko‘rsatkichni «Barselona» posboni Mark-Andre ter Stegen (87,5%), uchinchi ko‘rsatkichni «Manchester Siti» darvozaboni Ederson (79,2%) namoyish qilgan.

Mavzuga oid