O‘zbekiston | 12:36 / 22.02.2018
17482
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlari va nodavlat tashkiloti fuqarolar yig‘inlariga biriktirildi

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 117-son «Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
 
Norma.uz’ning yozishicha, hujjat maqsadi – davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy ko‘maklashish, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vazifalar ijrosini to‘laqonli ta'minlash tizimini shakllantirish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdir.  
 
Xususan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining taklifiga ko‘ra, vazirliklar, idoralar va nodavlat tashkilotlar fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga biriktirildi. 

Hujjatga ilovada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va ularga biriktirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari tasdiqlandi. 
 
Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan fuqarolar yig‘inlaridagi jamoatchilik tuzilmalariga uslubiy-amaliy ko‘maklashishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi, ular qatoridan quyidagilar ham o‘rin olgan:

• jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida ularning tashabbuskorligini oshirishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etish;
• mahallalarda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vazifalarining ijrosini ta'minlash, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni bevosita joylardan olishda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kengaytirish;
• davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik tuzilmalari rolini oshirish;
• mahallalarda yuzaga kelayotgan turli muammolarni aniqlash, ularning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish va bartaraf etishda jamoatchilik tuzilmalari imkoniyatlarini samarali ro‘yobga chiqarish.
 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda har yili quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etildi:

• tegishli jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
• jamoatchilik tuzilmalari rahbarlarining malakasini oshirish maqsadida sohaning tajribali mutaxassislarini jalb etgan holda, tumanlar (shaharlar) kesimida alohida reja asosida o‘quv seminarlarini tashkil etish.
 
Biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga tashabbuskor va faol bo‘lgan jamoatchilik tuzilmalari vakillarini fuqarolar yig‘ini raisining tavsiyanomasi asosida moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish tavsiya etildi.  
 
Hujjat 17.02.2018 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid