Fan-texnika | 20:20 / 22.02.2018
7689
1 daqiqa o‘qiladi

Italdesign 2,4 mln dollarlik superkarni ko‘rsatdi

Foto: Italdesign

Italdesign kompaniyasi Zerouno – Roadster superkarining ochiq versiyasi dizayni butunlay ko‘rsatilgan tasvirni e'lon qildi. Taxminlarga ko‘ra, model besh nusxada chiqariladi, ulardan har biri 2,4 mln dollar turadi. Bu kupe bilan taqqoslaganda 800 ming dollarga ko‘proq.

Italdesign Zerouno Roadster haqida qandaydir texnik ma'lumot hozircha yo‘q. Kutilishicha, rodster xuddi kupe kabi, Audi R8 va Lamborghini Huracan platformasida quriladi. Superkar shu modellardan kuch agregatini ham oladi – 5,2 litrli 610 ot kuchiga ega V10 dvigateli.

Bunday motorga ega kupe turgan joyidan soatiga yuz kilometrga 3,2 soniyada chiqishi mumkin. Model maksimal tezligi soatiga 330 kilometrni tashkil etadi.

Foto: Italdesign 

Zerouno rodsteri premerasi Italdesign kompaniyasining 50 yilligi nishonlanishi bir qismi sanaladi. 

Mavzuga oid