Fan-texnika | 21:10 / 22.02.2018
9880
2 daqiqa o‘qiladi

Tikuvchi-robotlar va inson mehnati - oqim bo‘ylab harakat

Avtomatlashtirish inqilobi shiddat bilan hayotimizga kirib kelyapti. Yengil sanoat shu jarayon kirib kelgan ilk sohalardan biri hisoblanadi. Elektron tikuv mashinalaridan ancha yillardan beri foydalanib kelinmoqda. Biroq ularni boshqarish uchun malakali kadrlar talab etiladi.

Endilikda kompyuterlashtirilgan va robotlashtirilgan texnologiyalardan foydalanish ishchi kuchi ko‘rsatkichlarining keskin kamayishiga olib kelmoqda. The Wall Street Journal shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi

Manbada keltirilishicha, Bangladeshdagi tikuv fabrikalaridan birida katta printer ko‘rinishidagi nemis texnologiyasi yordamida H&M hamda Zara brendi ostidagi kiyimlar tikilmoqda.  Yana boshqa hududda Yaponiyaning Yuho Sewing Machine Co'ga qarashli yangi avlod tikuv mashinasi bundan ham murakkab amallarni bajaradi. 

Atlantada asos solingan Softwear Automation kompaniyasidan ma'lum qilinishicha, uning tikuv mashinalari kelasi yili Xitoyning Tinyuan Garments Co kiyim-kechak ishlab chiqaruvchisiga tegishli Little Rock, Ark fabrikasida ishga tushirilishi haqida ma'lum qildi. 

Avtomatlashtirish kiyim-kechak ishlab chiqarishni ishchi kuchi nisbatan qimmat bo‘lgan davlatlar, jumladan AQShga qaytarishga yordam berishi mumkin.

Mavzuga oid