Jahon | 23:30 / 23.02.2018
7949
1 daqiqa o‘qiladi

Las-Vegasdagi kazino egasi AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi qurilishiga pul ajratmoqchi 

Sheldon Adelson. Foto: AP

Kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan amerikalik tadbirkor, milliarder Sheldon Adelson Oq uyga AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi qurilishida yordam berishni taklif qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Ayni vaqtda AQSh prezidenti ma'muriyati vakillari ushbu taklifni ko‘rib chiqishmoqda va diplomatik mulkni qurish uchun xususiy sarmoyachilardan mablag‘ olish qanchalik qonuniyligini aniqlashmoqchi.

Jumladan, elchixona qurilishini moliyalashtirishga bir nechta istovchilarni qo‘yish varianti ham qaralmoqda. Biroq buning ortidan yana tanqidlar yangrashi mumkin. 

Sheldon Adelson Las-Vegasdagi kazinolar tarmog‘iga egalik qiladi hamda Bloomberg’ning milliarderlar reytingida 20-o‘rinni egallaydi.

Avvalroq Donald Tramp Al-Qudsda AQSh elchixonasining “kichik versiyasi” paydo bo‘lishini aytgandi.

Mavzuga oid