Putin nomidan saylovoldi debatlarida kimlar ishtirok etishi ma'lum qilindi
Rossiyada prezident saylovlari arafasida o‘tkaziladigan debatlarda Vladimir Putin nomidan uning shtabi hamraislari va bir necha o‘nlab ishonchli shaxslari ishtirok etadi. Bu haqda shtab matbuot kotibi Andrey Kondrashov ma'lum qildi.
“Debatlarda, birinchidan, shtabning barcha uch hamraisi va ikkinchidan, bir necha o‘nlab ishonchli shaxslar ishtirok etadilar”, deb aytgan Kondrashov.
Putinning saylovoldi shtabiga “Sirius” iste'dodli bolalar markazi rahbari Yelena Shmeleva, Dima Rogachev nomidagi tibbiyot markazi rahbari, Bolalar gematolog va onkologlari milliy jamiyati prezidenti Aleksandr Rumyantsev va “KamAz” kompaniyasi bosh direktori Sergey Kogogin hamraislik qilmoqdalar.
Prezident saylovlari 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Prezident lavozimiga 8 kishi da'vogarlik qilmoqda: Sergey Baburin ("Rossiya umumxalq ittifoqi"), Pavel Grudinin (Rossiya kommunistik partiyasi), Vladimir Jirinovskiy (Rossiya liberal-demokratik partiyasi), Vladimir Putin (mustaqil nomzod), Kseniya Sobchak ("Fuqarolik tashabbusi"), Maksim Suraykin ("Rossiya kommunistlari "), Boris Titov (O‘sish partiyasi), Grigoriy Yavlinskiy ("Yabloko"). Nomzodlar saylov byulletenida familiyalari bo‘yicha aynan shunday alifbo tartibida joylashtiriladilar.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024