Termizda O‘zbekiston – Afg‘oniston muzokaralari o‘tkazildi
2018 yilning 26-27 fevral kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasining Energetika va suv resurslari vazirligi tashabbusiga ko‘ra Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘onistonning suv masalalari bo‘yicha idoralari mutaxassislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.
Uchrashuv chog‘ida Amudaryo bo‘yi sohilini mustahkamlashga qaratilgan choralar yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi va Afg‘oniston Energetika va suv resurslari vazirligi vakillari darajasida tajriba almashinuv hamda muntazam uchrashuvlar tashkillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yaqin qo‘shnichilik ruhida va do‘stlik hamda hamkorlik muhitida bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:55 / 04.01.2025
Geosiyosiy hafta tahlili: gaz tranzitini to‘xtatgan Ukraina, Rossiyadan norozi Ozarboyjon va tanlov qarshisidagi Suriya
11:32 / 04.01.2025
Yevrokomissar: Yevroittifoq keskin suv tanqisligidan aziyat chekmoqda
21:23 / 28.12.2024
Pokiston-Afg‘oniston chegarasida janglar boshlandi
19:50 / 28.12.2024