Sport | 19:30 / 28.02.2018
16891
2 daqiqa o‘qiladi

«Uzbek Tigers» vakili: «Keyingi ikkita jangni yutishimiz kerak»

Foto: KUN.UZ

WSB yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi bokschisi, -69 kg vazn toifasida ringga chiqadigan Mahmud G‘oipov ertaga bo‘lib o‘tadigan jangi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Birinchi uchrashuvda Kubaga qarshi qo‘ldan kelgancha harakat qilgandik. Bu safar o‘sha mag‘lubiyatdan xulosa chiqarib, yaxshi jang o‘tkazishni niyat qilganmiz. Murabbiylarimiz bilan jangga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Ertaga bu ish berishi kerak, deb o‘ylayman.

Ertaga bo‘ladigan jangda va aprelda Venesuelada bo‘ladigan janglarda g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘ladi. Shunda imkoniyatlarimiz oshadi.

Raqib haqida faqatgina internet orqali ma'lumotlarga ega bo‘ldik. Ko‘p bo‘lmasada, uning janglarini ko‘rib tahlil qildik. Bo‘lajak jangda bu yordam beradi deb umid qilaman», deya gapirib o‘tdi G‘oipov KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.

Mavzuga oid