Sport | 16:40 / 01.03.2018
19930
2 daqiqa o‘qiladi

Sud 58 futbolchini kelishilgan o‘yinlarda aybdor deb topib qamoqqa oldi

Foto: Getty Images

Gretsiya Apellyatsion sudi «Koropolis ishi» sifatida nom chiqargan kelishilgan o‘yinlar mojarosida 58 nafar futbolchini aybdor deb topdi. Bu haqda «Katimerini» nashri xabar tarqatdi.

Sud tergov ishi 2008-2011 yillarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yuzasidan o‘tkazilgan. Ishga 84 nafar odam jalb qilingandi. Prokuratura dastlab kelishilgan o‘yin sifatida gumonga olingan 25 uchrashuvning 7tasi kelishilgan ekanini aniqlagan.

Shubha ostiga olingan 84 gumonlanuvchilarning 58 nafar aybdor deb topilgan. Ularning ko‘pchiligi jarimaga tortilgan bo‘lsa, yetti nafariga esa besh oydan besh yilgacha bo‘lgan shartli qamoq jazosi tayinlangan, 10 nafariga esa — haqiqiy, 5 yildan 10 yil-u 10 oylik qamoq jazolari tayinlangan. Ammo ularning o‘zi hozircha ozodlikda qolmoqda. Sababi sud ularga belgilangan jazoni bekor qiluvchi garov puli 10 ming yevrodan boshlanadigan to‘lovni to‘lagan taqdirda ularga cheklangan huquqlar asosida ozodlik berilishi mumkin. Bunda ayblanuvchi ruxsatsiz mamlakatni tark eta olmasligi, har oy davomida politsiya nazorati ostida ma'lum ro‘yxatda turishi kerak bo‘ladi.

Eng katta jazo «Iliupoli» klubi xo‘jayini Yorgos Tsakoyannisga qo‘yllanilgan – 10 yil-u 10 oy va 50 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan. U bir necha marta o‘yinlarni kelishish, pul yuvish va qurol saqlash kabi bir qancha ayblovlar bilan hibsga olingan.

Mavzuga oid