Jamiyat | 10:50 / 02.03.2018
13603
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ekopen WorldBuild Tashkent-2018 ko‘rgazmasida o‘z stend va mahsulotlari bilan barchani hayratlantirmoqda

Ekopen WorldBuild Tashkent-2018 ko‘rgazmasida turli uslublarda ishlangan plastik deraza va eshiklardan iborat kompozitsiyani taqdim etib, eng yaxshi stend dizayni mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: Ekopen

Poytaxtdagi «O‘zekspomarkaz»da 28 fevral-2 mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan WorldBuild Tashkent-2018 ko‘rgazmasi, bu – qurilish sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalarga o‘zi haqida ma'lumot berib, mahsulotlarini namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ekopen kompaniyasi – deraza va eshik konstruksiyalari uchun PVX-profillarini ishlab chiqarish sohasida tan olingan yetakchilardan biri bo‘lib, o‘z mahsulotlarini xuddi shu asosda ishlab chiqarish va namoyish etish yo‘lidan bormoqda. Kompaniya ko‘rgazmada ulkan ikki qavatli stendni bunyod etib, ko‘plab tashrif buyuruvchilarning chinakam qiziqishlariga sazovor bo‘ldi va yakunda eng yaxshi korporativ stend dizayni nominatsiyasini qolga kiritdi.

Foto: Ekopen

Mehmonlarni jo‘shqin musiqalar qarshi olmoqda va qabulxonadagi xushmuomala qizlar esa barcha savollar bo‘yicha maslahatlar berishga tayyor. Tashrif buyuruvchilarga tanlovda ishtirok etish uchun maxsus fotozona tashkil etilgan va ikkinchi qavatdagi maxsus zonada esa Ekopen vakili bilan xotirjam muhitda muhim masalalarni muhokama qilish yoki shunchaki professional barmen taqdim etgan bir finjon qahvani ichib, rohat olish mumkin.

Foto: Ekopen
Foto: Ekopen
Foto: Ekopen

Biroq deraza va eshik ishlab chikaruvchi xamkorlar tomonidan Ekopen profillaridan tayyorlanayotgan mahsulotlarning taassurotlarga boy namoyishlarini dasturning o‘zagi deb atash mumkin. Deraza va eshiklarning beqiyos shakl hamda konstruksiyalari hattoki shunchaki o‘tib ketayotgan tashrif buyuruvchilarning ham kompaniya stendi qarshisida to‘xtab qolishiga sabab bo‘lmoqda. Va bu yerda Ekopen sizni hayratlantira oladi. Dizayndagi zamonaviy tendensiyalar va innovatsiyalarga keng o‘rin ajratgan kompaniya sizga turli: klassitsizm, ampir, barokko, modernizm va boshqa arxitekturaviy uslublardagi derazalarni taklif etadi. Ko‘rgazmada derazalar oddiy buyumdan har qanday xonaga betakror go‘zallik baxsh etuvchi mahsulotga aylantiradi. Bundan tashqari, yaqinda bozorda intererga o‘ziga xoslik beruvchi hay-tek va loft uslubidagi hamda Titanium rang effektiga ega Ekopen mahsulotlari namoyon etilgan.

Ta'kidlash joizki, Ekopen kompaniyasining deraza va eshik ishlab chiqaruvchi xamkorlari O‘zbekiston bozoriga haqiqatdan ham eksklyuziv takliflar – murakkab tuzilishga va nostandart shaklga ega derazalarni taqdim etmoqda.

Foto: Ekopen
Foto: Ekopen
Foto: Ekopen
Foto: Ekopen

2017 yilda Ekopen kompaniyasi rebrending o‘tkazib, joriy yilda o‘zining 10 yilligini nishonlaydi. Kompaniya erishgan muvaffaqiyatlarni esa uning barcha xodimlari va xamkorlari mashaqqatli mehnatlari samarasi deb aytish mumkin. Ekopen profillaridan tayyorlangan barcha mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida o‘z bilimlarini avloddan-avlodga yetkazib kelayotgan mutaxassislar tomonidan zamonaviy uskunalardan foydalanilgan holda ishlab chiqarilmoqda. Kompaniya tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlab kelinayotgan ishlab chikaruvchi xamkorlar xaridorlarga uzoq yillar davomida xizmat qilib, brend yuziga aylanayotgan deraza va eshiklarni chin yurakdan ishlab chiqarmoqda.

Ekopen mahsulotlari o‘zining sifati, qulayligi, yaroqliligi va funksional dizayni bilan ko‘plab o‘zbekistonliklar tomonidan munosib baholanmoqda. Mahsulotlarning yuqori sifati va xavfsizligi jahon standartlariga muvofiqlik sertifikatlar bilan tasdiqlangan bo‘lib, ular doim yangilanib turadi.

Bugungi kunda Ekopen iste'molchilarga Germaniya texnologiyalari asosida va Germaniyaning Veka kompaniyasi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bunday profillardan tayyorlangan deraza va eshiklar harorat va shovqindan a'lo darajada himoyalangani, quyoshda rangini yo‘qotmasligi, ob-havo sharoitlariga bardoshliligi va qahraton sovuqdan jazirama issiqqacha harorat o‘zgarishlarini oson yengib o‘tishi bilan ajralib turadi.

Ko‘rgazma doirasida Ekopen vakillari nafaqat stendga tashrif buyurganlarda tug‘ilayotgan barcha savollarga javob qaytarmoqda, balki bepul deraza (o‘rnatib berish bilan birga) va boshqa kafolatlangan yutuqlarni qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lgan tanlovda ishtirok etishni ham taklif qilmoqda.

Foto: Ekopen
Foto: Ekopen

Tanlovda qatnashish uchun:

Ekopen stendi oldida suratga tushish;

fotosuratni #EkopenWorldBuild2018 heshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish;

Facebook`dagi Ekopen sahifasi: Facebook.com/ekopen.uz`ga a'zo bo‘lish;

yutuq ko‘rsatilgan chiptani tortib olish va unga ega bo‘lish talab qilinadi.

WorldBuild Tashkent-2018 ko‘rgazmasidagi Ekopen stendiga 2 martgacha tashrif buyurish va tanlovda ishtirok etish mumkin.

Reklama huquqi asosida.

 

Mavzuga oid