Fan-texnika | 11:48 / 02.03.2018
17004
2 daqiqa o‘qiladi

Ferrari’ning eng g‘alati modeli sotuvga qo‘yildi

Sotheby’s auksion uyi noyob avtomobil – Bernd Michalak Design Studio nemis dizayn-studiyasi tomonidan yaratilgan Ferrari 328 GTS Conciso kontsept-karini sotuvga qo‘ydi. Yagona nusxada mavjud bo‘lgan mashinaning narxi hozircha ma'lum qilinmayapti.

Foto: Ferrari 328 GTS Conciso

Sportkar 1989 yilgi namunadagi Ferrari 328 GTS shassisida qurilgan. Mashina bo‘yalmagan plastikdan keng old qanotlari va ichki o‘rnatilgan farali “barketta” kuzovga ega. Mashinaning eshiklari va tomi yo‘q, salonida esa ikkita shlemni saqlash uchun maxsus bo‘lmalar bor.

Foto: Ferrari 328 GTS Conciso
Foto: Ferrari 328 GTS Conciso
Foto: Ferrari 328 GTS Conciso
Foto: Ferrari 328 GTS Conciso

Kontsept 3,2 litrli, 8 silindrli, 274 ot kuchiga ega dvigatel va 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Standart kuzovdan 30 foizga yengilroq bo‘lgan  yangi kuzov hisobiga mashina 100 km/soat tezlikka 5 soniyada erisha oladi. Seriyali Ferrari 328 GTS’ga buning uchun 6,4 soniya talab etiladi. Kontsept-karning maksimal tezligi 278 km/soatni tashkil qiladi.

Foto: Ferrari 328 GTS Conciso
Foto: Ferrari 328 GTS Conciso
Foto: Ferrari 328 GTS Conciso

328 GTS’ning ilk ommaviy namoyishi 1993 yil Frankfurtdagi avtoshouda bo‘lib o‘tgan.

 

Mavzuga oid