Jahon | 08:40 / 04.03.2018
8963
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil va AQSh raketalarga qarshi mudofaa tizimi kuchlarining mashg‘ulotlari boshlanmoqda

Foto: AFP Photo/JACK GUEZ

4 mart kuni minglab harbiylar ishtirokida Isroil va AQSh havo va raketa hujumlariga qarshi mudofaa tizimi kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlari boshlanadi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ushbu mashg‘ulotlar 2001 yildan beri o‘tkazib kelinadi va Isroilda 9-marta bo‘lib o‘tadi. Harbiylarning aytishicha, mashg‘ulotlar rejaga ko‘ra amalga oshirilmoqda va muayyan geosiyosiy voqea bilan bog‘lanmagan, biroq raketa xavflarining butun spektriga qarshi o‘zaro harakatlarni mashq qilishga imkon beradi. 

“Mashg‘ulotlarda Yevropada joylashtirilgan 2,5 ming amerikalik harbiy va Isroilning RQM kuchlari, logistika, tibbiy va boshqa bo‘linmalaridan 2 ming harbiy ishtirok etadi”, deb aytilgan bayonotda. 

Mashg‘ulotlar vaqtida Isroilda mavjud bo‘lgan barcha zenit-raketa majmualari – Patriot, "Xets", "Temir gumbaz" va "Dovud palaqmoni"ni qo‘llash mo‘ljallanmoqda.

Mashg‘ulotlarning asosiy qismi 4-15 mart kunlari bo‘lib o‘tadi, ba'zi tadbirlar oy oxirigacha davom etadi.

Mavzuga oid