Jamiyat | 18:22 / 06.03.2018
20949
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda erkak o‘z xotiniga pichoq urdi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Uzun tumanida 11 fevral kuni soat 18:30larda Nurobod mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan J.S. uyida oilaviy janjal oqibatida, birga yashovchi turmush o‘rtog‘i M.N.ning o‘ng ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada M.N. kasalxonaga yotqizilgan. J.S. ushlangan.

Mavzuga oid