Jahon | 08:18 / 07.03.2018
9317
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson uch davlat tashqi ishlar vaziri bilan Rossiyaning qo‘shnilarga hurmatsizligini muhokama qildi

Foto: Muhammad Hamed/Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Estoniya, Latviya va Litva TIV rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazib, uning davomida Rossiya tahdidini muhokama qildi. Bu haqda Davlat departamenti xabarida aytiladi.

«NATO bo‘yicha ittifoqchilar Rossiyaning yolg‘on axborot tarqatish va zararli kiberfaolligi bo‘yicha sa'y-harakatlariga qarshi kurashda hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldilar. Ular Rossiya Yevropa xavfsizligiga uyg‘otayotgan xavflar, hamda Rossiyaning o‘z qo‘shnilari suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan hurmatsizligiga qarshi kurashish bo‘yicha strategiyani muhokama etishdi», - deyiladi xabarda.

Vazirlar shuningdek, aprel oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Boltiqbo‘yi sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama etishdi, unda AQSh prezidenti Donald Tramp ham qatnashadi.

Mavzuga oid