AQShdagi maktabda otishma ro‘y berdi, qurbonlar bor
AQShning Alabama shtatidagi Birmingem shahrida joylashgan maktabda otishma ro‘y berdi, bir o‘quvchi halok bo‘ldi, yana uch nafari jarohatlandi. Bu haqda Alabama Local xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, otishma tasodifan ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Ayni damda bir o‘quvchi halok bo‘lgani ma'lum, yana uch kishi kasalxonaga jiddiy jarohatlar bilan olib ketildi.
«Darslardan tashqari vaqtda ro‘y bergan otishma bilan bog‘liq hodisada ikki o‘quvchi ishtirok etgan. Maktab oz vaqt davomida yopib qo‘yildi, voqea joyiga politsiya yetib keldi. Ayni damda barcha o‘quvchilar ozod, politsiya ro‘y bergan hodisa tafsilotlarini jiddiy o‘rganmoqda», - deyiladi maktabning rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 15 fevral kuni Floridadagi maktabda sodir etilgan otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.