Jahon | 17:40 / 08.03.2018
25329
1 daqiqa o‘qiladi

Xabarovsk yaqinida 26 juft inson qo‘li bo‘lgan qop topildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyaning Xabarovsk shahri yaqinidagi Beshennaya irmog‘i uchastkalaridan birida 26 juft inson qo‘li bo‘lgan qop topildi. Bu haqda «Interfaks» vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma'lum qilmoqda.

«Qo‘llar sohilbo‘yini tekshirish vaqtida topildi. Tezkor tadbirlarga qirg‘oqda inson qo‘li topilgani haqidagi xabar sabab bo‘ldi», - deya aytib o‘tgan manba.

Shu bilan birga, dvnovosti.ru portali xabariga ko‘ra, qo‘llar yonida bintlar, baxilalar ham bo‘lgan.

«Manba xabariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlarida shunday taxmin borki, unga ko‘ra inson qo‘llari tibbiy muassasadan biomaterial utilizatsiyasi natijasida topilgan», - deb yozadi portal.

OAVning manbaga asosan ta'kidlashicha, tergovchilar qo‘llar topilgani bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yuborishgan.

Mavzuga oid