Jamiyat | 17:30 / 08.03.2018
35132
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda er rashk tufayli o‘z ayolini o‘ldirdi

Namangan tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 7 mart kuni soat 04.30 larda Tepaqiyot MFY Bunyodkor ko‘chasi 41-uyda yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan S.Q. uyida rashk oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i, uy bekasi, 1967 yilda tug‘ilgan T.Q.ning bosh qismiga tarozi toshi bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada T.Q. voqea joyida vafot etgan. S.Q. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid