Norvegiya parlamenti spikeri mablag‘larni me'yoridan ko‘p ishlatgani uchun iste'foga ketdi
Norvegiya parlamenti raisi Ulemik Tomessen parlament binosining ta'mirlanishiga ketgan xarajatlar dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda ancha ko‘proq bo‘lgani sababli iste'foga ketdi. Yangi spiker yaqin haftalarda tanlanadi.
Ta'mirlash ishlari 2014 yilda boshlangan. NRK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda loyiha qiymati 1,1 mlrd norveg kronini (140 mln dollar) tashkil qilgan. 2018 yilda bu qiymat 2,3 mlrd krongacha (294 mln dollar) oshib ketgan. Telekanalning ta'kidlashicha, byudjyet mablag‘lari 116 ta kompaniyaga to‘langan.
Auditorlarning ta'kidlashicha, ta'mirlash vaqtida xarajatlarni nosamarali boshqarish yuz bergan. Parlament ham ta'mirlash ishlarini qurilish bo‘yicha davlat agentligiga ishonib topshirish o‘rniga haddan ziyod ko‘p pudratchilar va maslahatchilar jalb qilinganini tanqid qilgan.
7 mart kuni parlamentning ko‘plab partiyalari Tomessenga ishonchsizlik bildirgan va shu sabab u iste'foga ketgan. Uning aytishicha, xarajatlar rejalashtirishdagi xatolar sababli ko‘payib ketgan. Tomessen parlamentni 2013 yil oktabridan boshqarib kelgan.
Mavzuga oid
14:00 / 17.12.2024
Norvegiya Ukraina HDKga 230 mln yevrolik yordam o‘tkazadi
20:37 / 05.12.2024
Makron Fransiya hukumatini iste’foga chiqardi
10:26 / 05.12.2024
Norvegiya neft jamg‘armasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun RF aktivlarini sotadi
08:02 / 05.12.2024