Jahon | 14:50 / 09.03.2018
18985
1 daqiqa o‘qiladi

«U bizning prezident emas» - Namoyishchilar Poroshenko kelishi kutilayotgan joyni egallab olishdi

© RIA Novosti / Stringer

Har yili 9 mart kuni Ukrainada shoir Taras Shevchenkoning tug‘ilgan kuni keng nishonlanadi.

Prezident Petro Poroshenko ham har yili shoirning haykali poyiga gullar qo‘yardi. Bugun Kiyev markazidagi Shevchenkoning haykali oldida odamlar to‘planib, prezidentga qarshi miting o‘tkazmoqda.

Ularning qo‘lida «Poroshenko - bizning prezident emas» so‘zlari yozilgan banner ko‘tarilgan. Prezident rasmining ustiga esa «O‘g‘ri» deb yozilgan.

Namoyishchilar maydon qo‘riqlanayotgan bo‘lishiga qaramay, u yerga kirib olishgan va haykal oldida Poroshenkoni kutishmoqda. Shu tariqa ular Poroshenkoga xalaqit berishmoqchi.

Ma'lum bo‘lishicha, bu namoyishchilar Mixail Saakashvilli tashkil qilgan «Yangi kuchlar harakati» partiyasi a'zolari hisoblanadi.

Mavzuga oid