Jahon | 14:15 / 12.03.2018
15101
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya o‘zi bilan o‘zi qurollanish poygasiga kirishdi – Pentagon

Foto: Reuters

Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal yig‘ilishga murojaatidagi yangi qurollar bo‘yicha oshkor etilgan ma'lumotga izoh berib, uni «hafsalani pir qilgan, lekin hayratlanarli emas» deb atadi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.

«Rossiya hukumati o‘zi bilan o‘zi qurollanish poygasiga qancha mablag‘ yo‘naltirishidan qat'i nazar, AQShning yondashuvi avvalgidek qoladi», - deya ma'lum qildi Mettis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurollar rossiyaliklardan «juda katta xarajatlarni» talab qiladi. Shuningdek Mettisning ta'kidlashicha, Putin murojaatnomasida Rossiya harbiy imkoniyatlari o‘zgargani haqidagi ma'lumotlarni olgan, shuning uchun Pentagon Moskvaga qarshi kurashish bo‘yicha strategiyaga o‘zgartirish kiritish niyatida emas.

Mavzuga oid