Jahon | 18:00 / 13.03.2018
4328
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamentiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Reuters

Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Mayk Pompeo AQSh Davlat departamentining yangi rahbariga aylandi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida ma'lum qildi.

«Mayk Pompeo, MRB rahbari, AQSh Davlat departamentining yangi rahbari bo‘ldi. U yangi ishni «fantastik» darajada uddalaydi», — deya yozgan Tramp.

Shuningdek, prezident MRBning yangi rahbari kim bo‘lishini aytdi. Endilikda tashqi razvedka tashkilotiga Jina Xespel boshchilik qiladi.

The Washington Post’ga ko‘ra, Tramp Tillersondan 9 mart kuni iste'figa chiqishni so‘ragan. Buning sabablari hozircha ma'lum emas.

Mavzuga oid