«Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinga talabalar yana majburan olib kirilishi kutilmoqda
Toshkentning «Paxtakor» klubi O‘zbekiston superligasining 3-turida Olmaliqning OGMK jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 18 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
«Tribuna.uz» ma'lumotiga ko‘ra, mazkur uchrashuvda Toshkentdagi ba'zi oliy o‘quv yurtlari talabalir majburan olib kirilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda jamoaning Toshkent Kimyo texnologiyalari instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga talabalarni o‘yinga jalb qilish bo‘yicha yozgan xatlari tarmoqlarda tarqalmoqda.
Xatda ko‘rsatib o‘tilishicha, stadionga kirish uchun bepul chiptalar tarqatiladi. Tanaffus vaqtida esa o‘sha chiptalardan yutuqli lotereyalar o‘ynaladi. Yutuq sifatida 3 dona televizor va futbol to‘plari qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, stadionga talabalarni olib kirish holati o‘tgan mavsumda ham kuzatilgandi. Eng qiziq tomoni, o‘tgan yili ham «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga talabalar olib kirilgan, keyinroq rasmiy manbalarda 11067 tomoshabin o‘yinga kirgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024