Jamiyat | 22:00 / 15.03.2018
23234
2 daqiqa o‘qiladi

Harbiy xizmatga yangi chaqirilgan askarlarning ilk o‘q otish mashg‘uloti

 Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda joriy yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yangi askarlar Toshkent harbiy okrugi dala o‘quv maydonida amaliy tarzda ilk bor nishonlarga o‘q otish mashqlarini bajardi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Ular amaliy otishga qadar otish qoidalari va asoslari bo‘yicha o‘quv yig‘inida nazariy mashg‘ulotlarda ishtirok etgan edi. Tayyorgarlik mashqlari ko‘rgazmali vositalar hamda zamonaviy kompyuter trenajyorlarida olib borildi. Yaqinda saflarga kelib qo‘shilgan askarlar dala o‘quv maydonida tashkil etilgan jangovar qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish, texnika xavfsizligi va jangovar pozitsiyani egallash, tik, o‘tirgan va yotgan hamda harakatdan nishonga otish, qurolni o‘qlash va o‘qsizlantirish qoidalari, qurolni o‘q otishga tayyorlash kabi o‘quv joylarida ishtirok etishdi.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ishtirokchi askarlar ichidan ko‘pchiligi sportda katta yutuqlarga erishgani diqqatga sazovor. Jumladan, oddiy askar Botirjon Ro‘ziyev karate bo‘yicha uch karra O‘zbekiston chempioni, yoshlar o‘rtasidagi Yevroosiyo chempionatida 2-o‘rinni egallagan, 2011 yilgi Jahon chempionati qatnashchisi. Oddiy askar Otabek Bakiyev esa dzyudo bo‘yicha sport ustaligiga nomzod, O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni egallagan.

 

Mavzuga oid