«Hech kimni mensimaydigan Rossiya» - Oq uy Skripal ishi bo‘yicha bayonot berdi
Oq uy o‘zining rasmiy bayonoti bilan Rossiyani GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishida ayblagan Britaniya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
«AQSh o‘zining yaqin ittifoqchisi Buyuk Britaniya bilan birdam. AQSh Buyuk Britaniyaning Rossiya britaniyalik fuqaro Sergey Skripal hamda uning qizi zaharlanishiga mas'ul ekani borasidagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi», - deyiladi xabarda.
Oq uydan ko‘rsatishlaricha, bu hodisa «xalqaro tartiblarni mensimaydigan» Rossiyaning o‘zini tutishiga juda mos tushadi.
Rasmiy Moskva esa bunday ayblovlarni hamon rad etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Rossiya bilan barcha ikki tomonlama aloqalarni to‘xtatayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:50
«Ekozashchita!» asoschisi Rossiyadan Germaniyaga uran importini tanqid qildi
21:57 / 09.01.2025
Ukraina mag‘lubiyati AQShga qimmatga tushadi - hisobot
21:45 / 09.01.2025
Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov
20:07 / 09.01.2025