Jamiyat | 16:58 / 17.03.2018
7240
1 daqiqa o‘qiladi

«Matiz» salonidan 10 mln so‘mni o‘g‘irlab ketishdi

Navoiy shahrida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
     
Qayd etilishicha, 2018 yil 11 mart kuni Karmana tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan A.I. IIBga murojaat qilib, shu yil 10 mart kuni noma'lum shaxs I.Karimov ko‘chasi 73-uy oldida qarovsiz qoldirilgan unga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinani kalit tanlash yo‘li bilan ochib, salonidan 10 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Karmana tumani Xazaro MFY Malik mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan J.J. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

Mavzuga oid