Rossiya britaniyalik 23 diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqda
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya elchixonasining 23 nafar diplomatik xodimidan Rossiya hududini bir hafta muddat ichida tark etishni talab qildi. Bu haqda RF TIV saytida xabar berildi.
«Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi 23 nafar diplomatik xodimi bir hafta muddat ichida mamlakatdan chiqib ketishi lozim», - deyiladi tashqi siyosat idorasi xabarida.
TIVdan ta'kidlashlaricha, bunday choralar «Britaniya tomonining provokatsion harakatlari hamda Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida 4 mart kuni GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi tufayli Rossiya Federatsiyasiga qo‘yilgan asossiz ayblovlar tufayli» qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Skripalni zaharlash uchun qo‘llangan modda uning qizi chamadonida bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
21:47 / 09.01.2025
FT: Ilon Mask Kir Starmerni Britaniya bosh vazirligi lavozimidan qanday chetlatishni o‘rganmoqda
21:45 / 09.01.2025
Rossiya Oqtov yaqinidagi aviahalokatning xolisona tergov qilinishidan manfaatdor - Peskov
10:37 / 09.01.2025
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
20:22 / 08.01.2025