Jamiyat | 23:13 / 23.03.2018
7713
2 daqiqa o‘qiladi

Mehmonxona va restoranlar xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan kurslar tashkil etilmoqda

Foto: AP

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi markaz mehmonxona-restoran sektori xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha qator kurslarni tashkil qilmoqda. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari  "Turistik xizmatlar. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar" to‘g‘risidagi Oʻz DSt 3220:2017 davlat standartini joriy qilish doirasida o‘tkaziladi. Kurslar "upgrade" rejimida o‘tadi.

O‘quv mashg‘ulotlari quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • Mehmonxonalar va boshqa joylashuv vositalari xizmatchilarini qayta tayyorlash kursi;
  •  Mehmonxonalar va boshqa joylashuv vositalari administratorlarini qayta tayyorlash kursi;
  • Mehmonxona-restoran sektori oshpazlarining malakasini oshirish kursi;
  • Mehmonxonalar va boshqa joylashuv vositalari administratorlari malakasini oshirish kursi;
  • Mehmonxonalar va boshqa joylashuv vositalari rahbarlarining malakasini oshirish kursi.

Mazkur kurslarning maqsadi xodimlarning professional bilim darajalarini oshirish, ishbilarmonlik fazilatlarini takomillashtirish, nazariy va amaliy bilimlarini mehmonxona sanoatining zamonaviy talablariga javob beradigan darajada yangilash, kasbiy  masalalarni  hal qilishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirishdan iborat.

Ta'kidlash joizki, kurslar kamida 20 kishilik tarkib yig‘ilgandagina ochiladi.

 

Mavzuga oid