Sport | 23:00 / 23.03.2018
13743
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik o‘yini. Rossiya Braziliyaga bir bo‘lim bardosh berdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

JCh-2018 mezboni Rossiya terma jamoasi Moskvada Braziliya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Aytish joizki, mezbonlar faqat birinchi bo‘limda raqib hujumlariga dosh bera olishdi. Ikkinchi bo‘limda braziliyaliklar yeng shimarib, ishga kirishishdi va Rossiya darvozasiga uchta to‘p kiritishdi. Gollar Miranda, Koutino va Paulino hisobiga yozildi.

27 mart kuni Braziliya safarda Germaniya bilan, Rossiya o‘z maydonida Fransiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini
Rossiya – Braziliya - 0:3 (0:0, 0:3)

23 mart, Moskva, «Lujniki» stadioni
Gollar: 0:1 – 53 Miranda, 0:2 – 62, penalti Koutino, 0:3 – 66 Paulino. 
Rossiya – Akinfeyev, Granat, Kutepov, Kudryashov, Kombarov (Jirkov, 76), Golovin, Samedov (Smolnikov, 80), Miranchuk (Dzagoyev, 53), Zobnin, Glushakov (Miranchuk, 64), Smolov (Zabolotniy, 71).
Braziliya – Alisson, Miranda, Marselo, Dani Alves (Fagner, 83), Tiago Silva, Paulino (Renato Augusto, 71), Kazemiro, Villian (Tayson, 79), Koutino (Fred, 79), Duglas Kosta, Gabriel Jyezus (Firmino, 65).

Mavzuga oid