Yevroittifoqning nechta davlati rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga tayyorligi hisoblab chiqildi
Yevropa ittifoqining 20ga yaqin davlati va AQSh GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi yuz bergani tufayli rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkin. Bu haqda The Times gazetasi xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishda Fransiya, Germaniya, Polsha, Irlandiya, Niderlandiya, Estoniya, Latviya, Litva, Bolgariya, Chexiya va Daniya ishtirok etishi mumkin; ehtimoliy 20 davlat ro‘yxatidan bo‘lgan boshqa mamlakatlar nomi nashr tomonidan keltirilmagan.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey payshanba, 22 mart kuni Fransiya, Germaniya, Litva hamda Irlandiya vakillari bilan to‘rt soatlik muzokaralar o‘tkazdi, uning davomida siyosatchilar Solsberida Skripal zaharlanishiga «qat'iy javob» qaytarish borasida fikr almashdi.
Nashrdan ta'kidlashlaricha, diplomatlarni chiqarib yuborish dushanba, 26 martdan boshlanishi mumkin.
Mavzuga oid
20:22 / 08.01.2025
Xitoy Rossiyaning maxfiy floti uchun portlarni yopmoqda – OAV
19:23 / 08.01.2025
Kurskka hujum ko‘lami qanday va undan maqsad nima?
18:33 / 08.01.2025
2024 yilda 80 mingdan ortiq migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi
14:44 / 08.01.2025