Light | 20:42 / 25.03.2018
45025
3 daqiqa o‘qiladi

Qahvaning sakkiz ajoyib xususiyati

Qahva — dunyodagi eng mashhur ichimlik. Uning ta'mi deyarli barcha mahsulotlar bilan uyg‘unlasha oladi, hidini esa har qanday muhitda ham ilg‘ash mumkin. Katta shaharlarda deyarli har bir inson ertalab kunni qahva bilan boshlaydi.

Shunga qaramay, ichimlik xususiyatlari oxirigacha o‘rganilmagan. Qahvaning ziyonini isbotlovchi qator tadqiqotlar va ularga ishonuvchi ko‘pgina odamlar bor. Biroq, aslida ushbu xushbo‘y ichimlikning salomatlikka salohiyatli ta'siri juda katta. Trendymen qahvaning  yaqindagina ilm-fan tomonidan kashf qilingan xususiyatlariga doir dalillari bilan bo‘lishdi.

Qahva va jigar

Italiyaning Mario Negri universiteti olimlari tasodifan qahva jigarga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Tasodifan deyilishiga sabab, tadqiqotchilar bu ichimlikning o‘t pufagiga ta'sirini o‘rganishayotgan edi (ma'lum bo‘lishicha, qahva bu yerda toshlar paydo bo‘lishi oldini olar ekan), jigar sirrozi rivoji xavfi esa 50 foizga kamayar ekan.

Qahva va erkaklik quvvati

Qahvaning erkaklik quvvatiga ta'siriga doir tadqiqotlar deyarli har yili kuzatiladi. Bir tomondan, qahva qonning kislorodga to‘yinishi uchun mas'ul temir moddasini o‘zlashtirishni bloklaydi. Boshqa tomondan esa, qahva donachalari kuchli va samarali akkumulyator hisoblanadi. Xulosa oddiy: tunga yaqin undan tiyilgan yaxshi. Kun davomida esa bu faqat foyda keltiradi.

Qahva va bioritmlar

Zamonamiz kishilarilarining aksariyati jyet-laga tushunchasiga ega. Qanchalik g‘alati eshitilmasin, buni faqat ushbu tetiklashtiruvchi ichimlik uddalay oladi. Qahva nafaqat tetiklashtiradi, balki tezkor akklimatizatsiya va bioritmlar normallashuviga turtki beradi.

Qahva va aqli zaiflik

Shveytsariyalik olimlar bunday tadqiqot o‘tkazildi. Tajriba Altsgeymer kasalligi xavf guruhiga kiruvchi katta yoshli kishilarda o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, kuniga uch piyola qahva aqli zaiflik xavfini 65 foizga kamaytirar ekan.

Qahva va ortiqcha vazn

Qahva metabolizmni oshiradi va bir vaqtning o‘zida, ishtahani pasaytiradi. Bu nimaga olib keladi? To‘g‘ri, sog‘lom va mustahkam qomatga. Faqat qahva parhezini jismoniy mashqlar bilan mustahkamlashni unutmang.

Qahva va yurak

Qahvaning yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta'siri — eng keng tarqalgan ishonchsiz ma'lumotlardan biri. Aslida, Berkli olimlarining yaqindagina o‘tkazgan tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, har kuni besh piyola qahva ichuvchi kishilar boshqa ichimlik ichuvchilarga qaraganda deyarli uch baravar kamroq yurak kasalliklaridan aziyat chekar ekan.

Qahva va saraton

O‘tgan asrning 70-yillarida ba'zi tadqiqotlar qahvaning saraton kasalliklari xavfini oshirishini qisman isbotlagan. 2007 yildagi takroriy tajribalar esa buni inkor qildi: qahva, aksincha, prostata va ko‘krak bezi saratoni kasalliklari xavfini kamaytiradi.

 

Mavzuga oid